AsosiyJamiyat

Maktab darsliklari to`plami uchun yagona ijara to`lov miqdori belgilandi

2014/2015 o`quv yilida umumta`lim maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar ijara to`plamiga belgilangan yagona ijara to`lov miqdori belgilandi.

O`zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar to`plami ijara to`lov miqdori 6100 so`mdan 9500 so`mgacha, rus tilidagi darsliklar uchun 6500 so`mdan 9500 so`mgacha, qoraqalpoq tilidagi darsliklar to`plami uchun 10,4 ming so`mdan 18,6 ming so`mgacha etib belgilandi.

Turkman va qirg`iz tillaridagi darsliklar to`plami uchun ijara miqdori 11,7 ming so`mdan 21,4 ming so`mgacha, tojik tilidagi darsliklar uchun 11,7 ming so`mdan 21,2 ming so`mgacha va qozoq tilidagi darsliklar to`plami uchun 12,7 ming so`mdan 24,6 ming so`mgacha etib belgilandi.

Ijara narxlari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining rasmiy saytida chop etildi

    Boshqa yangiliklar