Yozning jaziramasida AQShdagi sohilda xordiq chiqarib qaytgan 41 yoshli Erin Karosso olmos ko`zli uzugini plyajda tushirib qoldirgani haqida Facebook'dagi sahifasida “uzuk biror xazina izlovchining cho`ntagiga tushib qolgan bo`lsa kerak...” deya yozib qoldirdi. Garchi voqeaga salkam bir oy bo`lgan bo`lsa-da, uning uzugi topildi va egasiga qaytarildi. Bu haqda www.glunews.ru nashri xabar beradi.
Aytish lozimki, Erin qaysidir ma`noda xaq edi. Facebook'dagi “murojaat”dan so`ng ikki kun o`tib, olmos ko`zli uzukni xobbisi xazina izlash bo`lgan 68 yoshli Mayk Kogan topib oladi. U ham o`z o`rnida “topilma”ning suratlarini Facebook'ka joylashdi. Facebookda Erinning olmos ko`zli uzugini ko`rganlar Eringa bu haqda xabar berishdi. Erin shu zaxotiyoq Mayk bilan bog`lanib, yo`qolgan uzugi haqida aytadi. Bir necha kun o`tib esa ular uchrashishdi va Mayk ayolga yo`qotgan olmos ko`zli uzukni qaytarib berdi. “Men dunyoda shunday yaxshi insonlar borligidan xursandman. Chunki hammasi boshqacha bo`lishi va uzuk hech qachon topilmasligi ham mumkin edi” deydi baxtiyor Erin Karosso.





