Chita suv ostida qoldi, deya xabar qildi Ren.tv nashri.
Bunga esa daryoning suvi toshishi sabab bo`lgan. Shu kunlardagi yog`ingarchilik daryo suvi asovlanib oqishiga olib kelgan.
Suv toshqinlari avtomobillarni oqizib olib ketgan yoki cho`ktirib yuborgan.
Aholi ko`chalarda qayiqlar yordamida harakatlanishga majbur bo`lishgan.
Chitada bunday holat 1991 yilda kuzatilgan edi.






