AsosiyJamiyat

​Askar kitobxonlar bellashdi

'​Askar kitobxonlar bellashdi'ning rasmi

Kuni kecha “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi Pop tumanidagi harbiy qismlar askarlari va shartnoma asosida xizmat qilayotgan ofiser hamda serjantlari ishtirokida o`tkazildi.

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi mutaxassislari tashkilotchiligida ishtirokchilar tanlov shartlari bilan tanishdilar. Qisqa vaqt ichida askar yigitlar tanlov savollariga zukkolik bilan javob berib, mamnun holda chiqishdi. O`zlarini nafaqat harbiy salohiyatda balki kompyuter savodxonligida va ko`p kitoblar mutolaa qilishganliklarini amalda namoyon etdilar.

-Men badiiy, siyosiy va tarixiy kitoblar o`qishga juda qiziqaman. Harbiy qismimizdagi axborot-resurs markazida barcha sharoitlar muhayyo. Bugun men ham tanlovda ishtirok etdim, test savollari menga qiyinchilik tug`dirmadi. Savollar asosan ulug` bobokalonlarimiz asarlari, hozirgi zamon adabiyotidan olib tuzilgan ekan. Kelgusida yana bilimlarimni oshirib, ona vatanimiz, xalqimizni mudofaa qilishga tayyormiz,-deydi Toshkent viloyati Zangiota tumanidan kelgan, muddatli harbiy xizmatchi Firdavs Akramov.

Biz harbiy qismdagi Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchisi Anvar Gadoev va boshqa tanlov ishtirokchilari bilan suhbat qurganimizda ular shunday tanlovlarni tashkil etilganidan chindan xursandliklarini bildirdilar. Askar kitobxonlar orasida o`ylaymizki, viloyat, Respublika miqyosida g`oliblikka da`vogarlar bo`lishi shubxasiz.

Tanlovning tuman bosqichi g`oliblari aniqlanmoqda.

Rustamali Mamadaliev, jurnalist.

    Boshqa yangiliklar