Kolumbiyada ikki shaharni bog`lovchi yirik ko`prik portlatib yuborildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Vilyavisensio va Bogota shaharlarini bog`lovchi ko`prikning ayrim joylari o`tgan yili qisman qulagan edi. Uzunligi 3000 metrli ushbu ko`prikdan har kuni minglab avtomobillar harakatlanadi. Biroq, muxandislar tomonidan uning xavfli ekani aniqlangach, uni buzib tashlash haqida qaror chiqarildi. Uni buzish ishlarida 200 kg portlovchi modda hamda 30 ta detonatordan foydalanilgan.
Olib borilgan turli tekshiruvlar va tahlillar shuni ko`rsatdiki, ko`prik qurilishida xatolikka yo`l qo`yilgan. U belgilanganidan ko`ra kamroq yukni ko`tarishga mo`ljallangan. Ko`prik har daqiqada qulab tushishi mumkin edi. Mazkur reja aniq va muvaffaqiyatli ravishda bajarildi.
O`tgan yilning yanvar oyida ko`prikning bir qismi qulashi oqibatida 9 nafar ishchi qurbon bo`lgan edi. Shuningdek, undagi elektr simlar ham nosoz holatda bo`lib, bir necha marotaba qisqa tutashuvlar ro`y bergan.






