AsosiyDunyo

Amerikada tornado ro`y berdi

'Amerikada tornado ro`y berdi'ning rasmi

AQShning Shimoliy Dakota shtatida tornado ro`y berdi, deb xabar berdi REN TV.

Kuzatilgan tabiat hodisasi vayronagarchilik va qurbonlar keltirib chiqardi.

Tornado qo`shma shtatlarning g`arbiy qismlari bo`ylab harakatlanmoqda. Dakotada yuz bergan tornado esa ko`chma uylar hamda binolarni vayron qilgan. O`nlab avtomobillar ham jiddiy zarar ko`rdi.

Ma`lumotlarga qaraganda, hodisa oqibatida 28 kishi tan jarohati olgan hamda 7 kunlik go`dak nobud bo`lgan. Shuningdek, elektr tarmog`ida ham uzilishlar kelib chiqqan. Soatiga 127 km tezlikda esgan shamol yo`lida uchragan barcha narsalarni uchirib yuborgan. Bo`ron o`nlab infratuzilmalarni ishdan chiqargan. Prognozlarga ko`ra, endilikda tornado g`arbdan shimol tomonga harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar