AsosiyJamiyat

Toshkentda yashash joyi yo`q 55 kishiga pasport topshirildi

'Toshkentda yashash joyi yo`q 55 kishiga pasport topshirildi'ning rasmi

Toshkent IIBB tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazida biometrik pasport topshirish marosimi o`tkazildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali marosimda Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Badriddin Shorixsiev va Toshkent shahar IIBB boshlig`i o`rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo`jaev ishtirok etdi. Biometrik pasport muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarning 55 nafariga topshirildi. Umumiy hisobda biometrik pasport olish uchun 184 kishining hujjati rasmiylashtirildi.

Eslatib o`tamiz, reabilitasiya markaziga muayyan yashash joyi va pasportiga ega bo`lmagan shaxslar olib kelinib, ularga tegishli yordam ko`rsatiladi. Taqdir taqozosi bilan bugun og`ir kunlarni boshidan kechirayotgan bu kabi kishilarning qayta oyoqqa turib olishlari, boshpanaga va jamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lishlari uchun ular ko`makka, mehr va e`tiborga muhtoj.


    Boshqa yangiliklar