AsosiyDunyo

Pokistondagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo`ldi

'Pokistondagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Pokistonning Peshavor shahrida yana bir terroristik hujum sodir etildi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Mazkur voqea Peshavor shahrida Avami milliy partiyasi yig`ilishi vaqtida sodir etilgan. Terrorchi-xudkush bino yonida o`zini portlatib yuborgan. Ushbu hodisa oqibatida 12 nafar inson halok bo`ldi va taxminan 50 kishi yaralandi. Ulardan ba`zilarining ahvoli o`ta og`ir. Qurbonlar orasida partiya etakchisi Xorun Bilur va uning o`g`li Doniyol Bilur bor.

Portlash tufayli bino va uning atrofiga zarar etgan. Hozircha hech bir terroristik tashkilot ushbu xunrezliu uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar