AsosiyDunyo

Avstraliyada gigant timsoh ushlandi (foto)

'Avstraliyada gigant timsoh ushlandi (foto)'ning rasmi

Avstraliyaning Ketrin daryosida gigant timsohni ushlashdi. Uning uzunligi 4,7 metr, og`irligi esa – 600 kilogrammni tashkil etadi, deb yozmoqda 9 News nashri.

Ta`kidlanishicha, ushbu timsohga ov 2010 yilda boshlangan. O`sha paytda mahalliy reynjerlarga timsohning taxminiy joyi haqida ma`lumot kelib tushgan. Ketrin daryosida tutilgan timsohlar orasida bu eng kattasi hisoblanadi

"Timsoh Ketrin qishlog`ining 60 km pastlikdagi suv oqimida topildi", – deb aytdi NT Parks vakili.

Uning so`zlariga qaraganda sudralib yuruvchi juda katta va yoshi 60ga yaqin. Ushbu yosh timsohlarda o`rtacha hisoblanadi, chunki ular 100 gacha yashashadi. Yirtqich timsohlar fermasiga jo`natilgan.

2170743

2170744

    Boshqa yangiliklar