AQShning Virjiniya shtatida vertolyot uy ustiga qulab tushdi, deb xabar bermoqda Rambler nashri.
Vertolyot uchuvchisi boshqaruvni yo`qotgani tufayli u aholi istiqomat qiluvchi hudud ustida aylanib, ikki qavatli uy ustiga qulagan. Natijada esa binoda yong`in kelib chiqqan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, vertolyot qulagandan so`ng portlash ovozi eshitilgan. Voqea joyida polisiya va o`t o`chirish xodimlari ish olib bormoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa vaqtida uy ichida hech kim bo`lmagan. Biroq vertolyot bortida bo`lganlar to`g`risida ma`lumotlar yo`q. Qurbonlar hamda jabrlanganlar soni noma`lum. Falokatning sodir bo`lish sabablari bo`yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






