AsosiyDunyo

G`orda qolib ketgan futbol o`smirlar qutqarish ishlari davom etmoqda

'G`orda qolib ketgan futbol o`smirlar qutqarish ishlari davom etmoqda'ning rasmi

Tailandda suv bosgan g`orda qolib ketgan futbolchi o`smirlarni qutqarish amaliyoti davom etmoqda. Xabarlarga ko`ra, tashqariga olib chiqilgan bolalar soni 8 taga etdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Deyarli ikki haftadan buyon g`orda qolayotgan bolalar tobora holsizlanib borishmoqda. Shu sabab qutqaruv guruhi jarayoni tezlashtirishga urinmoqda. Avvaliga g`ordan 4 nafar bolaning chiqarib olingani xabar qilingan bo`lsa, hozirga kelib yana 4 bola qutqarildi. Ular zudlik bilan vertolyotlarda shifoxonaga etkazilgan.

G`orda murabbiy va 4 nafar o`smir qolmoqda. G`orga tinimsiz oqib kirayotgan suv tufayli vazziyat murakkablashmoqda. Yana bir bir sutkadan so`ng g`or butunlay suvga to`lishi mumkin. Bu esa ichkarida qolayotganlar uchun xavfli. Agar yaqin soatlarda harakat qilinmasa, keyin ularni tashqariga olib chiqolmaymiz, deydi qutqaruv amaliyoti ma`sullaridan biri.

    Boshqa yangiliklar