Jizzax shahar “Ittifoq” mahallasi, 17-uyning 4-yo`lagida yuz bergan yong`in haqida xabar berilgandan so`ng 10 daqiqada 2 ta o`t o`chirish bo`linmasi etib keldi. O`t o`chiruvchilar etib kelganda yo`lak butunlay tutun ichida bo`lib, xonadonlarda yashovchi odamlarning tashqariga chiqa olmay qolganlari bor edi.
O`t o`chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida bir necha daqiqada yong`in bartaraf etilib, tutun ichida qolgan xonadonlardan uch nafar fuqaro olib chiqildi. Voqea joyiga etib kelgan favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor bo`linmalari, shoshilinch tibbiy yordam brigadasi shiforkorlari kuyganlar va jarohat olganlar yo`qligini qayd etdi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar qildi O‘zA.






