AsosiyJamiyat

Chilonzor tumani hokimiyati yangi binoga ko`chib o`tdi

'Chilonzor tumani hokimiyati yangi binoga ko`chib o`tdi 'ning rasmi

Kecha, 6 iyul kuni Chilonzor tuman hokimiyatining yangi binosi ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi bino 3 qavatdan iborat bo`lib, 1- va 2-qavatlariga Chilonzor tuman “Nuroniy” jamg`armasi, Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Chilonzor tuman Kengashi, Chilonzor tuman Oila ilmiy-tadqiqot markazi va O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Chilonzor tuman Kengashi joylashdi.

Chilonzor tuman hokimiyati va Yoshlar Ittifoqi ko`magi ostida “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ochilgan “Chilanzar”kovorking markazi 3-qavatga joylashdi.

Hokimiyat binosining yon-atroflari obodonlashtirilib, aholi uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Kun yakunida event-hududda Marketing klubi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Mazkur bino qurilishi ishlari o`tgan yili kuzda boshlangandi.

    Boshqa yangiliklar