Yaponiyada Interstellar Technologies kompaniyasining MOMO raketasi havoga uchirilish jarayonida portlab ketdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Raketa havoga uchirilgach, bir necha soniyadan so`ng portlab ketdi. Hayriyatki, kompaniyaning hech bir xodimi jabrlanmadi.
Portlash dvigateldagi nosozlik tufayli sodir bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.






