AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP Malayziyadagi o`zbek talabalari bilan onlayn muloqot o`tkazmoqda

'O‘zLiDeP Malayziyadagi o`zbek talabalari bilan onlayn muloqot o`tkazmoqda'ning rasmi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasida Malayziyaning “Osiyo Tinch okeani texnologiyalar va innovasiya Universiteti”da tahsil olayotgan o`zbekistonlik yoshlar bilan onlayn muloqot bo`lib o`tmoqda. Tadbir O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasining ko`magida tashkil etildi.

Unda O`zbekiston tomonidan partiya “Yoshlar qanoti”ning bir guruh faollari, mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralarning mas`ul xodimlari, Malayziyadagi studiyada esa “Google”hamda “Data Micron (Data mikron)” texnologik kompaniyasining Malayziyadagi filiallari, “PETRONAS” neft-gaz kompaniyasi, “Consolsys-Technology (Konsolsis texnoloji)” moliya xizmatlari markazi kabi dunyoga mashhur tashkilotlarda ishlayotgan yosh o`zbek mutaxassislaridan tortib, Malayziyaning nufuzli ta`lim dargohlarida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod talaba va o`qituvchilar qatnashmoqda.

Ochiq, samimiy va o`zaro fikr almashish maydoniga aylangan onlayn muloqotda dastlab, yaqinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining mazmun-mohiyati va maqsadi haqida Malayziyadagi o`zbek yoshlariga atroflicha ma`lumot berilyapti.

    Boshqa yangiliklar