AsosiySiyosat

Davlat rahbarlari “Ostona” xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi

'Davlat rahbarlari “Ostona” xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev hamrohligida “Ostona” xalqaro moliya markazini borib ko`rdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Nursulton Nazarboev ushbu markazda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolga belgilangan rejalar haqida so`zlab berdi.

Markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yo`lga qo`yilgan. Uning a`zolari uchun ellik yilgacha soliq imtiyozlari berish, viza, valyuta va ish yuritish tizimini soddalashtirish ko`zda tutilgan.

Bugun Qozog`istonning Mustaqillik saroyida Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar