Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov Navoiy shahrida bo`lib, madaniyat va san`at muassasalari, ta`lim maskanlari faoliyatini atroflicha ko`zdan kechirdi.
Xususan, Navoiy shahar 1- va 8-sonli bolalar musiqa va san`at maktablari bo`lib, ta`lim muassasalaridagi o`quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda o`qituvchilarning o`quv dasturlari birma-bir o`rganib chiqildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida xabar qilingan.


Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog`ida ko`ngilochar attraksionlarni ko`paytirish va buni amalga oshirish uchun tadbirkorlarni jalb qilish masalasini ko`rib chiqish, aholi maroqli dam olishi uchun yangi g`oyalar bilan yondashish lozimligi e`tirof etildi.
Navoiy madaniyat va san`at kollejlariga tashrif buyurib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Shu bilan birgalikda, Ozodbek Nazarbekov viloyat tarixi va madaniyati muzeyida ham bo`ldi.






