AsosiyDunyo

Xitoy sohillariga kuchli to`fon yaqinlashmoqda

'Xitoy sohillariga kuchli to`fon yaqinlashmoqda'ning rasmi

Tinch okeanida shakllangan “ Maria" to`foni yaqin kecha-kunduzda yanada kuchayib, Xitoyning sharqiy sohillariga yo`l oladi.

Mahalliy gidrometeorologiya markaziga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Avvalroq, sinoptiklar o`tgan kunlarda Tinch okeanining ekvatorial qismida shakllangan tropik havo oqimi po`rtana bosqichiga o`tib, Maria" nomini olganini ma`lum qilgan edi.

Qayd etilishicha, tropik po`rtana hozirda to`fon darajasiga etgan bo`lib, uning markazidagi shamol tezligi sekundiga 35 metrni tashkil qilmoqda. Kelgusi haftaning boshida “Maria" Sharqiy-Xitoy dengiziga etib keladi.

    Boshqa yangiliklar