Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 5 iyuldagi «O`zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migrasiya tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida bu belgilab qo`yildi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga eng kam ish xaqining to`rt yarim baravari miqdorida yillik sug`urta to`lovlarini ixtiyoriy ravishda to`lash tartibi joriy etiladi. Bunda to`lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo`shiladi.
Bu harakat joriy yil 1 avgustdan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






