Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 6 iyul kuni Ostonaga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbarini Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoev Ostona shahrining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirda ishtirok etadi.






