AsosiyJamiyat

IIV Kattaqo`rg`onda tahqirlangan ayol voqeasiga munosabat bildirdi

'IIV Kattaqo`rg`onda tahqirlangan ayol voqeasiga munosabat bildirdi'ning rasmi

IIV Kattaqo`rg`onda IIB tezkor vakilining ayolni tahqirlagani holatiga rasmiy munosabat bildirdi.

"Hech bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday sharoitda ham inson sha`ni qadrlanishi, uning huquqlari to`la kafolatlanishi belgilangan. Lekin, ba`zi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli", – deyiiladi vazirlik axborotida.

IIV Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro T.N. ga nisbatan sodir etilgan nojo`ya xatti-harakatlar yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv natijalariga ko`ra, holat Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on shahar Ichki ishlar bo`limi jinoyat qidiruv bo`limi tezkor vakili kapitan San`at Umarov tomonidan sodir etilganligini tasdiqlagan.

Bugungi kunda San`at Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo`shatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyat tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida doimiy ravishda keskin choralar ko`rib borilishini ma`lum qiladi.

    Boshqa yangiliklar