Osiyo davlatlarida suv toshqinlari davom etayotgan bir vaqtda Evropada aksincha issiq ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Xususan Fransiyada harorat ko`tarilib bormoqda, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Fransiya poytaxti Parijda harorat 30 darajadan yuqori bo`lib, odamlar kutilmagan issiq kunlarni soya-salqin joylarda o`tkazishga harakat qilishmoqda. Yozning har doimgidan-da issiq kelishi, ayniqsa, hayvonot bog`idagi jonivolarga qiyinchilik tug`dirmoqda. Parijning hayvonot bog`ida jonivorlarning eguliklari muzlatilgan holda berilmoqda.
Hozirda bog`da 180 turdagi 2000 dan ortiq jonivorlar bo`lib, mutaxassislarning ta`kidlashicha, shimoldan keltirilgan ayrim hayvonlar o`zini yomon xis qilmoqda. Anomal ob-havo bu yil Evropaning bir qator mamlakatlarida kuzatilmoqda.






