AsosiyJamiyat

Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi tashkil etildi

'Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi tashkil etildi'ning rasmi

Ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo`rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Qarorga muvofiq ijtimoiy reabilitasiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo`rlik ishlatishning oldini olish buyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Zo`rlik ishlatishdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilatasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi. Bosqichma bosqich viloyat, tuman (shahar)larda markaz faoliyatini tashkil etiladi.

Og`ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo`rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruxiy, ijtimoiy, pedagogik, huqukiy va boshqa yordam ko`rsatish Markazning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda fuqarolar bilan o`zaro aloqani amalga oshirish, shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko`rsatish uchun qisqa raqamli “ishonch telefoni” joriy etiladi.

Adliya vazirligiga “Maishiy zo`rlik ishlatishning oldini olish to`g`risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Qonun bilan shu jumladan maishiy zo`rlik oqibatida jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish, o`qish, yashash joyiga borishga taqiqlar qo`yishni va ularni himoya qilish bo`yicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy ko`rsatmalar instituti joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar