Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.
Nufuzli musobaqaning erkin kurash bo`yicha bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jamshid Marufov finalgacha etib borib, oltin medalni qo`lga kiritgan edi.
E`tiborlisi, o`zbekistonlik o`smir erkin kurashchilar so`nggi marotaba 1998 yilgi jahon chempionatida oltin medal qo`lga kiritishgandi. O`shanda yosh Dilshod Mansurov tengdoshlari orasida jahon chempioni unvoniga sazovor bo`lgandi. Ortda qolgan 20 yil davomida yurtimizdan yunon-rum kurashidan o`smirlar o`rtasida, shuningdek, erkin kurash bo`yicha yoshlar va kattalar o`rtasida jahon chempionlari etishib chiqdi.
Ammo erkin kurash bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi dunyo birinchiligida oltin medalni naqd 20 yil kutgandik. Bu safar hamyurtimiz Jamshid Marufov bizga uzoq kutilgan oltin medalini taqdim etdi va jahon chempionligiga erishdi, deb xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.







