4 iyul kuni kechqurun Qirg`iziston va Tojikiston respublikalari chegarasida, Xistevarz qishlog`idagi Xo`jand-Konibodom trassasida joylashgan AYoQShda yong`in chiqib, keyin portlab ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Yong`in oqibatida AYoQSh va undagi binolar, ettita yuk mashinasi, ikkita mikroavtobus, bitta engil mashina zarar ko`rdi. Yong`inni o`chirishda uchta Qirg`iziston respublikasiga, bitta Tojikiston respublikasiga tegishli o`t o`chirish brigadalari ish olib borishdi.
Yong`in chiqishiga suyultirilgan gaz olib kelayotgan avtomobil sabab bo`lgan, deb taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatida 4 kishi jabrlangan, ular kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.






