AsosiyJamiyat

FHDYo bo`limi mudiri lavozimiga kimlar tayinlanadi?

'FHDYo bo`limi mudiri lavozimiga kimlar tayinlanadi?'ning rasmi

FHDYo bo`limi mudiri, FHDYo arxivi mudiri lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo`yiladigan talablar aniqlashtirildi.

Hukumat qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to`g`risida nizom tasdiqlagani haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar qilmoqda.

Nizomga muvofiq FHDYo bo`limi mudiri, FHDYo arxivi mudiri lavozimiga quyidagi talablarga javob bergan O`zbekiston fuqarosi tayinlanishi mumkin:

— yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan;

— oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan;

— yuridik mutaxassislik bo`yicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDYo organida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo`lgan.

FHDYo bo`limi mudiri tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilandi.

FHDYo organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik ma`lumotga va 2-toifali inspektori yoki arxivarius lavozimiga yuridik mutaxassislik bo`yicha o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan O`zbekiston fuqarolari tayinlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar