AsosiyDunyo

Keksa ayol qariyalar uyiga topshirmoqchi bo`lgan o`g`lini otib o`ldirdi

'Keksa ayol qariyalar uyiga topshirmoqchi bo`lgan o`g`lini otib o`ldirdi'ning rasmi

Amerikaning Arizona shtatida 92 yoshli Anna Mey Blessing uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo`lgan o`g`lini otib o`ldirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Ayol jinoyatni amalga oshirish uchun puxta reja tuzib, bir necha kun davomida tayyorlangan. U to`pponchani xalati cho`ntagiga solib, o`g`li bilan kelini yotgan xonaga yo`l olgan. Ayolning 72 yoshli o`g`li bo`yni va iyagiga tekkan o`qdan voqea joyida halok bo`lgan. 57 yoshli kelin esa kampirning qo`lidan to`pponchani tortib olishga muvaffaq bo`lgan.

Fojianing yuz berishiga o`g`ilning onasini qariyalar uyiga topshirmoqchi bo`lgani sabab bo`lgan. Bundan jahli chiqqan kampir “Mening hayotimni yo`qqa chiqarmoqchi bo`lyapsizlarmi, endi men ham sizlarning hayotingizni barbod qilaman” deb qo`liga qurol olgan. Kampir nogironlik aravachasida sudga olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar