Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilishi oqibatida bedarak yo`qolganlar soni kun sayin ortib bormoqda.
RIA Novostining xabar berishicha, hozirda 332 kishi qidirilyapti. Mamlakat tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish xizmati bu haqda ma`lum qilgan.
Avvalroq, 3 iyun kuni vulqon uyg`ongandan so`ng 197 kishi bedarak yo`qolgani haqida ma`lum qilingandi. Qayd etilishicha,120 kishi tabiiy ofat sababli halok bo`lgan.






