AsosiyDunyo

Pokistonda rekord darajadagi yomg`ir yog`di

'Pokistonda rekord darajadagi yomg`ir yog`di'ning rasmi

Pokistoning Lahor shahrida so`ngi 38 yil ichidagi eng kuchli yog`ingarchilik kuzatilmoqda. Rekord darajada yoqqan yomg`ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.

Sharqiy Lahorda ko`chalar suvga to`lganini hamda odamlar suv kechib yurishga majbur bo`layotganini ko`rish mumkin. Shahar atrofidagi daryolar o`zanidan toshib bormoqda. So`nggi 24 soat ichida suv sathi 214 santimetrga ko`tarildi. Suv, yo`llarni to`sib qo`ygani tufayli transport qatnovi deyarli to`xtagan. Tabiiy ofat natijasida 6 kishi nobud bo`ldi. Bundan tashqari, yana 2 nafar inson og`ir jarohat olgan.

Meteorologiya sohasi vakillari bergan ma`lumotlarga ko`ra, kelasi 24 va 48 soat davomida yog`ingarchilik yanada shiddatli tus olishi mumkin. Hozircha evakuvasiya jarayoni amalga oshirilmayapti. Biroq vaziyat shu tariqa davom etsa, odamlar hayoti xavf ostida qoladi.

    Boshqa yangiliklar