Braziliyaning hamda dunyoning eng boy odamlaridan hisoblangan Eyke Batista bir qator ayblovlar bilan hibsga olindi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Tadbirkor Eyke Batistaga korrupsiya va pullarni o`zlashtirish ayblovlar qo`yilgan. Olib borilgan tergov va surishtiruvlar natijasida ayblov o`z tasdig`ini topgach, Rio-de-Janeyro sudi uni 30 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ma`lumotlarga ko`ra, u oltin konini sotib olish uchun Rio-de-Janeyro shtati gubernatoriga 16,5 mln. dollar pora bergan.
Rio-de-Janeyro shtati gubernatorga Serxio Kabral ham 16,5 mln. dollar miqdorida pora olish evaziga bitim tuzgani uchn aybdor, deb topildi hamda unga nisbatan 120 yil qamoq jazosi belgilandi. 61 yoshli Eyke Batista, 2012 yilda 30 mlrd. dollarlik boylikkka ega bo`lgani uchun Braziliyaning eng boy odami hisoblangan hamda dunyoning eng boy 10 nafar odami ro`yxatiga kirgan.






