AsosiyJamiyat

O`zbekiston hududida jazirama ob-havo kuzatiladi

'O`zbekiston hududida jazirama ob-havo kuzatiladi 'ning rasmi

Turkmaniston hududi orqali esib kelayotgan quruq hamda janubiy erlardan (Eron) Markaziy Osiyoga kirib kelayotgan juda issiq havo oqimi tufayli 7-10 iyul kunlari O`zbekistonda ham yuqori havo harorati kuzatilishi mumkinligi haqida «O`zgidrometeorologiya» xizmati ogohlantiradi.

Xabarga ko`ra, havo harorati odatda kuzatilganidan 5-7 darajaga baland bo`lishi kutilmoqda. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorat 44-45 daraja issiq bo`lishi mumkin.

Ma`lumot uchun, 40 daraja issiqdan yuqori ob-havo sharoiti O`zbekiston iqlimi uchun begona holat emas. Masalan, 2017 yil iyul oyida ham shunday havo harorati kuzatilgan. 2015 yil iyul, 2013 yil avgust oyi boshida ham O`zbekistonda jazirama bo`lgandi.

Toshkent shahridagi ob-havoning eng issiq darajasi 1997 yil 18 iyulda, ya`ni 20 yil ilgari qayd etilgan. O`shanda kunduzi quyosh nurlari 44,6 daraja qizdirgandi.

    Boshqa yangiliklar