Rossiyada o`tkazilayotgan mundial bizga juda ham ko`plab kutilmagan natijalarni taqdim etishda davom etyapti. Xususan, ushbu bosqichga qadar favorit sifatida ko`rilayotgan bir qancha termalar etib kela olmadi. Bizni chorak final bellashuvlarida ham o`ziga xos uchrashuvlar kutib turibdi. Demak, mazkur bosqichda kuch sinashadigan barcha jamoalar hamda ularning o`yinlari o`tkaziladigan vaqti bilan tanishing.
Urugvay – Fransiya
«Nijniy Novgorod» stadioni, Nijniy Novgorod
6 iyul, 20:00
Braziliya – Belgiya
«Qozon arena», Qozon
6 iyul, 23:00
Shvesiya – Angliya
«Samara arena», Samara
7 iyul, 20:00
Rossiya – Xorvatiya
“Fisht” stadioni, Sochi
7 iyul, 23:00






