AsosiyDunyo

Tojikistonda 9 oylik go`dak tanasidan 10ta igna topildi

'Tojikistonda 9 oylik go`dak tanasidan 10ta igna topildi 'ning rasmi

Dushanbedagi Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik go`dak tanasida 10ta igna borligini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

O`tkazilgan rentgen natijasida, bolaning bosh, burun, oyoq, bo`yin va ko`krak qafas qismlarida ignalar borligi aniqlangan. Dastlabki operasiya davomida 6ta igna chiqarib olingan.

Ignalar qanday qilib bolaning tanasiga tushib qolgani hozircha noma`lum. Operasiyaga qadar bola o`zini tinch tutgan, uni biror narsa bezovta qilayotgani sezilmagan.

Bolaning onasi 28 iyun kuni go`dak milkida ignalarning birini payqab qolgan va uni chiqarib olgan. Shundan so`ng ular kasalxonaga murojaat qilishgan.

Uning otasi Rossiyada mehnat migranti, onasi – uy bekasi va bolalarni bir o`zi tarbiyalaydi.

    Boshqa yangiliklar