AsosiyJamiyat

Olmazorda 30 kishilik namunaviy to`y o`tkazildi, tejalgan pulga yosh oila uchun uy olib berildi

'Olmazorda 30 kishilik namunaviy to`y o`tkazildi, tejalgan pulga yosh oila uchun uy olib berildi'ning rasmi

Toshkent shahar Olmazor tumanining «Tepaguzar» mahallasida 30 kishilik to`y o`tkazildi. Bu haqda “Tepaguzar” MFY raisi Abduvali Umarjonov O`zAga xabar berdi.

«Davlatimiz rahbarining tashrifi chog`ida to`ylarni kamxarj o`tkazish borasida Olmazor tumani o`rnak bo`lishi kerakligi aytib o`tildi. Yaqinda Mahallamizda ortiqcha isrofgarchiliksiz namunaviy to`y o`tkazdik. Bir yigit oila qurish niyatidaligini aytib, bizga murojaat qildi. Mahalla faollari o`zaro kengashgan holda, 30 kishilik juda chiroyli va ixcham to`y o`tkazdik.

To`ydan tejalgan mablag`ni esa hamkorlar bilan kelishib, yosh oilaga kredit asosida uy olib berishga sarfladik», — degan mahalla raisi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Olmazor tumaniga tashrifi chog`ida hududni Toshkent shahrida ixcham to`ylar o`tkazish bo`yicha namunali tuman qilish borasida taklif bergan edi.

    Boshqa yangiliklar