AsosiyJamiyat

Bojxona to`lovlari kamayadi: 2-bosqichda ishlar qanday tus oladi

'Bojxona to`lovlari kamayadi: 2-bosqichda ishlar qanday tus oladi'ning rasmi

Respublika hududiga olib kiriladigan, aksiz solig`iga tortiladigan tovarlarga import bojxona bojlari stavkalari e`lon qilindi, stavkalar 1.01.2019 yildan amalga kiritiladi (30.06.2018 yildagi PQ–3818-son qarorga 1 va 2-ilovalar), deb yozmoqda Norma.

1-bosqichda nimalar qilindi

1.10.2017 yildan 1 154 pozisiya bo`yicha import bojxona bojlari keskin kamaydi. Ulardan 579 ta TIF TN kodlari bo`yicha nol stavka qo`llanila boshlandi (sharhda batafsil keltirilgan). Bundan tashqari, 32 nomdagi tovar bo`yicha aksiz solig`i ancha kamaytirildi. Ayrimlari bo`yicha 5 va hatto 6 baravardan ko`proqqa kamaytirilgan edi (sharhga qarang).

2-bosqichda nimalar amalga oshiriladi

Kelgusi yildan boshlab stavkalar yana kamaytiriladi. Bu jarayon bojxona bojlari umumiy sonining 44,9%iga daxl qiladi. Aksiz solig`iga tortiladigan tovarlar soni 62%ga kamayadi. Bunda aksiz solig`i stavkalari ham kamayadi.

Masalan, kelib chiqishi o`simlik va hayvonotga mansub mahsulotlar kodlari bo`yicha import bojxona bojlarining nol stavkasi 30 baravardan ko`proq qo`llanilgan. Bu pozisiyalar haqiqatda bojdan ozod qilingan. Olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga aksiz solig`i o`rtacha 2 baravarga kamaytirilgan.

Biror-bir jismoniy ko`rsatkich uchun (ayrim hollarda jismoniy ko`rsatkich uchun summa bojxona qiymatidan foizga qo`shiladi) stavka tovar bojxona qiymatidan foizlarda, biroq eng kam summadan past bo`lmagan miqdorda belgilanganda aralash stavkalarning qo`llanilishi eng quyi darajagacha qisqartirilishi alohida e`tiborga loyiqdir.

Masalan, ayni paytda yangi uzilgan yoki quritilgan uzumlarni (kodi 0806) olib kirishda uning bojxona qiymatidan 10 %, biroq bir kilogrammi uchun 0,2 AQSh dollaridan kam bo`lmagan miqdorda boj to`lanadi. 1.01.2019 yildan bojxona boji summasining eng kam miqdori olib tashlanadi, stavka esa 10%ni tashkil qiladi.

Aralash stavkalar faqat tamaki, alkogol mahsulotlari va transport bo`yicha saqlanib qoladi.

Bir qator yangiliklarni aytib o`tish mumkin. Masalan, elektromobil vositalarga (elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan, kodi 870380) import bojxona bojining nol stavkasi belgilandi. Kelgusi yilda ular uchun aksiz solig`i nazarda tutilmagan.

Ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshgan, ekvivalenti 40 ming AQSh dollariga teng va undan ortiq bo`lgan ichki yonuv dvigatelli engil avtomobillarga bojxona bojining nol stavkasi qo`llaniladi. Bunday avtomobillar bo`yicha aksiz solig`i 20%ni tashkil qiladi.

Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston Respublikasi va Ukrainada ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan yangi transport vositalariga 2%lik eng kam stavka bo`yicha aksiz solig`i solinadi (tibbiyot maqsadlari uchun maxsus mo`ljallanganlari bundan mustasno).

    Boshqa yangiliklar