AsosiyJamiyat

Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati o`z ishini boshladi

'Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati o`z ishini boshladi'ning rasmi

Joriy yil 1 iyulidan Toshkent shahrida "Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi tajriba tariqasida amaliyotga joriy etila boshlandi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

"Xavfsiz poytaxt" konsepsiyasi birinchi galda shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta`minlash, hududdagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgani bilan e`tiborli.

Shu munosabat o`tkazilgan xizmat yo`riqnomasi tadbirida Toshkent shahar IIBB boshlig`i general-mayor R. Jo`raev patrullik uchun safarbar etilgan xodimlarga omad tiladi.

Tadbir doirasida Toshkent shahar IIBB, Milliy gvardiya, shuningdek, "Mahalla posboni" jamoatchilik vakillari va "Fidokor yoshlar" guruhi a`zolaridan bir guruhiga tantanali ravishda qo`l soatlari, faxriy yorliq, qimmatbaho sovg`alar va pul mukofotlari topshirildi.

Qator xodimlarga navbatdagi unvonlar berilgani haqidagi buyruq o`qib eshittirildi.

    Boshqa yangiliklar