Arizonalik Layrd Maler avtomobil haydab ketayotib mashinaning old oynasida ilon borligini payqab qoldi, deya ta`kidlamoqda RIA Novosti nashri.
Maler ilonni mashina oynasidan olib uloqtirishga uringan. Lekin uddasidan chiqmagan. Shundan so`ng u jonivorlarni nazorat qilish xizmatiga qo`ng`iroq qiladi. Etib kelgan mutaxassislar hech qanday ilonni topisholmagan.






