Turistlar noyob kvokka deb ataluvchi jonivorga sharob ichirib qo`yishdi, deya xabar qildi Daily Mail nashri.
Voqea Rottnest orolida bo`lib o`tgan. Turistlardan biri kvokka yoki kaltadumli kenguru deb ataluvchi jonivorga kokteyl ta`mli sharob ichirgan. Bu esa jonivorning hayoti uchun o`ta xavfli bo`lishi mumkin.
Mazkur bema`ni ishni amalga oshirgan turist jarimaga tortilgan.






