AsosiyDunyo

O`rtaer dengizida muhojirlar qayig`i cho`kib ketdi

'O`rtaer dengizida muhojirlar qayig`i cho`kib ketdi'ning rasmi

O`rtaer dengizida Liviya sohillariga yaqin hududda muhojirlar ketayotgan yana bir qayiq cho`kib ketdi. Buning oqibatida 60 dan ortiq odam bedarak yo`qolgan, deb xabar bermoqda RT.com nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, cho`kib ketgan rezina qayiq bortida 104 kishi bo`lgan. Ularning 63 nafari bedarak yo`qolgan. Tripoli shahri sohilbo`yi qo`riqlash xizmati 41 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo`lgan. 3 kun ichida O`rtaer dengizida Evropaga yo`l olgan 200 dan ko`proq muhojir cho`kib ketdi. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkiloti xabar qilmoqda. Qutqaruvchilar tomonidan umumiy hisobda 3 ta qayiqdan 276 kishi qutqarilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Liviya sohillari yaqinida o`lim darajasi keskin oshib ketgan. Shuningdek, mingdan ortiq qochoqlar ushlanib, Liviyaga qaytarilgan. O`lim soni ortib borayotganiga qaramay, odamlar qayiqlarda ochiq dengizga chiqishdan voz kechishmayapti.

    Boshqa yangiliklar