AsosiyDunyo

Tailandda g`or ichida yo`qolib qolgan futbolchilar topildi

'Tailandda g`or ichida yo`qolib qolgan futbolchilar topildi'ning rasmi

Tailandda bundan 10 kun avval Txam Luang g`orida yo`qolib qolgan maktab futbol jamoasi a`zolari qutqaruvchilar tomonidan sog`-salomat holda topildi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

G`orda kechgan og`ir 10 kundan so`ng 12 nafar bolalar va ularning murrabiylari sog`-salomat holda topilgan. Biroq ular hozircha tashqariga olib chiqilgani yo`q. Ushbu jarayon biroz vaqt talab qilishi hamda qiyin kechishi ta`kidlanmoqda. Shunga qaramay, ularning tirik ekanligi mo``jiza. Qidiruv-qutqaruv ishlariga Xitoy, AQSh, Avstraliya kabi mamlakatlardan mutaxassislar jalb qilingan.

Eslatib o`tamiz,11 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan 12 bola va ularning 25 yoshli murabbiyi 23 iyunda mashg`ulotdan keyin sayrga chiqishgan va tog`dagi g`orga kirishga qaror qilishgan. Biroq yomg`ir tufayli g`orga kirish joyi suv ostida qolgan, shundan so`ng ular bedarak yo`qolgan edi. Tailand Bosh vaziri Prayut Chan Ocha xalqaro hamjamiyatlarga qutqarish jarayonida ko`rsatgan yordami uchun minatdorlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar