AsosiyDunyo

Kosmosdan erning ko`rinmas qalqoni topildi

'Kosmosdan erning ko`rinmas qalqoni topildi'ning rasmi

Har lahzada Erga fazoda suzib yurgan ko`plab meteoritlar, asteroidlar hujum qiladi. Ular Erning atmosfera qobig`ini yorib kirishga urinadi. Lekin bu qobiq ularni qaytarib turadi. Kosmik jismlar havo qobig`i bilan ishqalanishi natijasida yonib ketadi va Erga etib kelolmaydi. Shuning uchun biz ularni deyarli sezmaymiz.

Erning qavo qobig`i erga tahdid qiluvchi har qanday jismni yondirib yuboradi. Shuningdek, Er atmosferasi Quyoshdan keluvchi “Quyosh shamoli” deb ataladigan o`ta zararli jismlar, nurlar va xatarli kuchga ega bo`lgan ultrabinafsha nurlarining Erga etib kelishining ham oldini oladi. Mabodo mazkur nurlar Erga etib keladigan bo`lsa, barcha jonli mavjudotlarni kuydirib, hayotni izdan chiqarishi mumkin.

Olimlar yaqin yillar ichida Erning magnit maydoni borligini kashf etdilar. Bu maydon atmosferadan yuqori joylashgan bo`lib, atrofdagi barcha kosmik xatarlardan Erni himoya qilib turuvchi “ulkan tom” hisoblanadi. Bu magnit maydon Erning magnitosferasi deb atalib, minglab kilometrlarga cho`zilib ketgan va ajoyib tarzda Quyoshning halokatli nurlariga qarshilik ko`rsatadi. Ushbu magnit maydon asosida hosil bo`lgan kamar fanda “Van Allen kamari” deb ataladi.

“Van Allen radiasiya kamari” – Zaryadlangan zarralarning Erning magnit maydonida tutilgan kamarlaridir. Yuqori nurlanishning birinchi barqaror tasmasi 1500 kilometr balandlikdan boshlanadi va 5000 kilometr balandlikkacha uzayib boradi. Ikkinchi kamar ham xuddi shunday. Yuqori rentgen nurlari 13000dan 19000 kilometrgacha balandlikka joylashgan. Erning magnit maydonida paydo bo`lgan Van Allen radiasiya kamari Quyoshning harakatiga javoban kengayadi va siqiladi. Bu radiasiya kamari 1958 yil kashf etilgan. Yuqoridagi suratda Erning magnit maydonida hosil bo`lgan “Van Allen radiasiya kamari”ni ko`rib turibsiz.

Bunday himoya qobig`i Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida faqat Merkuriy va Erda bor bo`lib, Merkuriyning magnit maydoni Ernikidan 100 marta zaifdir. Erning magnit maydoni va atmosferasi juda kuchli bo`lib, Erni zararli nurlardan himoya qilish bilan birga Erda hayot davom etishi uchun zarur bo`lgan nurlarni kerakli miqdordagina o`tkazar ekan.

Bu Alloh taoloning bandalariga rahmatidir. Ular esa Uning oyatlaridan, mo``jizalaridan yuz o`giryaptilar. Alloh taolo Qur`oni Karimda Erni himoya qilib turuvchi atmosfera, magnit maydon va ulkan belbog` haqida bundan o`n to`rt asr oldin aytib qo`ygan.

Nozimjon IMINJONOV

muslim.uzdan olindi

    Boshqa yangiliklar