AsosiySport

Mundial kundaligi: nimchorak finalning oxirgi kuni

'Mundial kundaligi: nimchorak finalning oxirgi kuni'ning rasmi

Bugun keyingi bosqichga chiqqan barcha terma jamoalar nomi aniq bo`ladi. Shuningdek, uch kundan so`ng chorak final o`yinlariga start beriladi. Demak, ushbu kundagi o`yinlar bilan tanishing.

Shvesiya - Shvesariya

“Sankt-Peterburg arena”, Sankt-Peterburg, 19:00

wqpvehjiaeifjq4bssyb.jpg

Bu terma jamoalar shu kungacha jahon kubogi doirasida 5 marta duch kelishgan bo`lsa, undan 4 tasida skandinaviyaliklar, bir uchrashuvda esa evropaliklar zafar quchishgan. Umumiy uchrashuvlar soni 27 taga teng. 10 ta g`alaba shvedlarda, yana shuncha esa shvesariyaliklarda, qolgan 7 bahs esa durang bilan yakunlangan. Bugungi o`yinni shiddatli kechishini ta`minlaydigan omil o`rtaga chorak final qo`yilganligidir. Ushbu bahsga bosh hakam sifatida esa sloveniyalik Damir Skomina guruhi tayinlangan.

Kolumbiya – Angliya

“Spartak” stadioni, Moskva, 23:00

lmle9fgujgxyfippbdb2.jpg

Angliya Kolumbiya bilan shu kungacha 5 marta kuch sinashgan bo`lsa, hali biror marta mag`lub bo`lmagan. 3 g`alaba, 2 durang bor inglizlar hisobida. Bugun janubiy amerikaliklar ana shu noxush an`anaga barham berish uchun ham maydonga chiqishsa kerak. Kolumbiyaliklarning dastlabki turdagi mag`lubiyatdan so`ng, keyingi ikki uchrashuvi g`alaba bilan yakunlangani sizga yaxshi ayon. Demak, ularda oldinga siljish bor. Biroq inglizlar bunga jim qarab turmasa kerak. Xullas, bugun ham zerikmaymiz. Uchrashuvni amerikalik Mark Gayger “brigada”si boshqarib boradi.

Shohrux No``monov, O`zA

Boshqa yangiliklar