Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi Osiyo afsona, ertak va eposlari asosida xalqaro ertakchilik tanlovini e`lon qildi, deya xabar beradi UzDaily.
To`rtinchi bor o`tkazilayotgan ushbu tanlovda Koreya madaniyat vazirligi tomonidan tanlab olingan Osiyo xalq og`zaki ijodining 200 ta sara asarlari asosidagi ertaklarga bag`ishlangan. “Ertakchilik san`ati” Osiyo qo`mitasi, qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston hamda O`zbekiston madaniyat vazirliklari hamkorligida keng miqyosida tashkillashtirilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan hamyurtlarimiz o`z arizalarini shu yilning 31 avgustiga qadar topishirishlari lozim. Tanlov ishlari faqat koreys emas, balki ingliz va rus tillarida taqdim etilishi ham mumkin. Final bosqich esa oktyabr oyida o`tkaziladi.
G`oliblarga “Ertakchilik san`ati” Osiyo qo`mitasi tomonidan 15 mln. von, Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat vazirligi hamda Koreya Respublikasi tomonidan 2 mln. vondan 5 ta sovg`a, Osiyo madaniyatini tashkil qilish va rivojlantirish davlat markazi departamenti rahbaridan 1 mln. vondan 5 ta sovg`a ajratiladi. Jami 11 sovrinli o`ringa 30 mln. vonlik sovg`alar topshirilishi rejalashtirilmoqda.





