AsosiyJamiyat

“O`quvchilarning yozgi ta`til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi” joriy etildi

'“O`quvchilarning yozgi ta`til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi” joriy etildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi “O`quvchilarning yozgi ta`til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi”ni joriy etdi.

Unga ko`ra, umumta`lim maktablari qoshida kunduzgi oromgohlar, sog`lomlashtirish maydonchalari tashkil etilib, ijodiy va sport to`garaklari ishlab turibdi.

Vazirlik matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, yurtimizdagi barcha maktablar kutubxonasi va axborot-resurs markazlari faoliyat ko`rsatmoqda.

Oromgohlarda bolalar o`rtasida kitobxonlikni va mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarga alohida e`tibor qaratilgan. Xususan, barcha oromgohlarga “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida nashr etilgan 11 nomdagi badiiy adabiyotlar foydalanish uchun berildi, har mavsumning bir kuni "Kitobxonlik kuni" deb belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar