AsosiyJamiyat

«Uzmobile» abonentlariga firibgarlarning ommaviy hujumi kuzatilmoqda

'«Uzmobile» abonentlariga firibgarlarning ommaviy hujumi kuzatilmoqda'ning rasmi

"Uztelecom" kompaniyasi Uzmobile milliy operatori abonentlariga kelib tushayotgan firibgarlik qo`ng`iroq va SMS-xabarlari haqida ogohlantiradi.

«Hurmatli abonentlar! Uzmobile abonentlariga firibgarlik qo`ng`iroqlari paydo bo`lgani munosabati bilan +882337111* yoki +881* prefiksli o`tkazib yuborilgan qo`ng`iroqlar va SMS’larga javob bermaslikni so`raymiz. Shuningdek, SMS va qo`ng`iroqlarga ruxsat so`rovchi mobil dasturlarni o`rnatishda hushyor bo`lishni so`raymiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar firibgarlar kuniga 3 tadan 10 martagacha qo`ng`iroqni amalga oshirayotgani, telefonni olganda esa o`sha zahoti uni qo`yib qo`yayotganini va ushbu raqamlarga qaytib chiqganda, hisobdagi mablag` kamayganligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar