AsosiyJamiyat

11 iyun kuni O`zbekistonda havo haroratining pasayishi kuzatiladi

'11 iyun kuni O`zbekistonda havo haroratining pasayishi kuzatiladi'ning rasmi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 iyun kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-20, kunduzi 31-33 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar