AsosiySport

Hasanboy Do`smatov mag`lubiyatdan so`ng o`z fikrini bildirdi

'Hasanboy Do`smatov mag`lubiyatdan so`ng o`z fikrini bildirdi'ning rasmi

Olimpiada chempioni Hasanboy Do`smatov Qozog`istondagi musobaqda hindistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo`ydi, deb xabar berdi Olamsport nashri.

Ushbu mag`lubiyatdan so`ng Do`smatov o`z fikrini shu tarzda bildirdi:

"Meni qo`llab-quvvatlayotganlar, boringizga shukr! Tanqid qilayotganlarga esa alohida rahmat. G`alaba qozongan vaqtimizda yaxshi gaplarni ko`p eshitganmiz, faxrlanganmiz o`zimizdan. Yutqazib qo`yganimizda esa bu tanqidlarga chidash vazifamiz", - deya xabar qoldirgan Olimpiada chempioni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

    Boshqa yangiliklar