2017 yilning aprelida yuk mashinasi yordamida terakt sodir etgan 40 yoshli Rahmat Akilovga sud umrbod qamoq jazosini tayinladi.
O`shanda terakt oqibatida 5 kishi halok bo`lgandi, deya xabar beradi RBK nashri.
Sud uni terakt sodir etganida joriy yilning fevralida aybdor deb topgandi. O`sha payt sudlanuvchi IShIDni qo`llab-quvvatlashini tan olgani hamda buni boshqa dalillar ham isbotlagani aytilgandi.
Shuningdek, IShIDga qarshi xalqaro koalisiyaga qo`shilgani uchun Shvesiyadan qasos olish sudlanuvchining maqsadi bo`lgani ta`kidlangandi.
Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 7 aprelida yuk mashinasi ko`chada ketayotgan odamlarni bosib ketgan. Oqibatda 5 kishi halok bo`lib 15 kishi jarohatlangan.
Expressen ma`lum qilishicha, u Shvesiyaga Samarqanddan borgan. Evropa mamlakati unga qochqin mavqeini berishni rad etgan.






