Andijon tumanidagi «Andijan Silk.Co» O`zbekiston – Xitoy qo`shma korxonasi pillani qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Yaqinda ish boshlagan korxona xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy ip yigiruv va tikuv mashinalari bilan jihozlangan. 150 kishi doimiy ish bilan band. Yil oxiriga qadar ishchilar sonini 300 ga etkazish ko`zda tutilgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Korxona to`liq quvvat bilan ish boshlagach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018 yilning o`zida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi.















