AsosiyJamiyat

Salkam 14 mlrd bojxona to`lovini to`lamagan korxona aniqlandi

'Salkam 14 mlrd bojxona to`lovini to`lamagan korxona aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtimizda faoliyat ko`rsatayotgan MChJlardan birining noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo`yildi. Bu haqda qo`mita axborot-xizmati xabar berdi.

Ushbu MChJ yurtimizga olib kelingan 11,9 ming tonnadan ortiq palma moylarining salkam 4,7 ming tonnasini bojxona organining ruxsatisiz, bojxona to`lovlarini to`lamasdan bojxona omboridan olib chiqib ketgan.

Ushbu holatda salkam 4,7 ming tonna palma moyi uchun aslida davlat byudjetiga 13 mlrd. 99 mln. so`mlik bojxona to`lovlarini to`lanishi lozim edi.

Ammo MChJ rahbarining qonunbuzarligi unga nisbatan tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirilishiga sabab bo`ldi.

Ayni paytda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar